Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan mahallalarda qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Suv ta’minoti sohasida qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan "Nuroniylar" jamg‘armasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv
янв.21
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Xo‘jamqulov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Dehqonobod tuman Kengashi hamda ekspert guruhi a’zolari bilan hamkorlikda 20-Mustaqillik saylov okrugiga qarashli “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Deputat mahallada

 SAYLOVCHILAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA: YO‘L
TA’MIRI BO‘YICHA XUSHXABAR
 

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati
Gulbahor Tohirovna G‘ulomxonova tomonidan «Kultepa» MFY fuqarolari bilan
uchrashuv davomida ko‘tarilgan muhim masala yuzasidan amaliy qadam tashlandi.
 

 Muammo nimada
edi? «Kultepa» va «Mustaqillik» mahallalarini bog‘lovchi, umumiy foydalanuvdagi
A-373a avtomobil yo‘lining 3 km qismini ta’mirlash bo‘yicha aholidan murojaat
tushgan edi.
 

 Amalga
oshirilgan ishlar: Deputat so‘roviga asosan Piskent tuman yo‘llardan
foydalanish korxonasi tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi:
 

Yo‘lning holati joyiga chiqib o‘rganildi. 

Ushbu yo‘lning ta’mirtalab bo‘lgan 3-5 km oralig‘ini
ta’mirlash uchun Toshkent viloyati AYBBga mablag‘ so‘rab murojaat qilingan.
 

Respublika Moliya vazirligi va buyurtmachi
tashkilotlar tomonidan limit mablag‘lari ajratilishi bilan Piskent tuman yo‘l
korxonasi (TYFKDM) tomonidan ta’mirlash ishlari boshlanadi.
  

Slide 1 of 2