Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.

#Deputat_saylovchilar_uchrashuvi.         

                                                 Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. 

Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.

Bugun Manas MFYda Viloyat deputati J.Kenjayev, tuman deputatlari S.G‘aybullayeva va I.Suyunovlar kelishilgan grafik asosida aholi bilan uchrashuv o‘tkazishdi.   

Uchrashuv davomida deputatlarga aholi tomonidan bir qator masalalar, takliflar va fikrlar bildirilib, deputatlar tomonidan ushbu muammolar va takliflarni hal etish maqsadida murojaatchi va ma‘sullar bilan joyiga borgan holda o‘rganildi.

Manas MFY da fuqarolar muammolarini o‘rganish va joyida hal etish choralari belgilandi. 

Bugungi qabulda Xatirchi kuchasi 15-uy 4-xonadonda yashovchi Tojiyeva Nilufarning kredit olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati joyida hal etildi. "Tandir non yopish"ni yo‘lga qo‘yish maqsadida 10.000.000 so’m kredit mablag‘lari uchun xujjatlari tayyorlanib bankga jo‘natildi.

Anorzor ko'chasi 5-uy 5-xonadonda yashovchi Sattorova Oyshaning davolanish uchun moddiy yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha , ijtimoiy so‘rovnoma o‘takazilib, hujjatlar ijtimoiy bo‘limga yo‘naltirildi.

Yana bir murojaatchi Dala shiyponida yashovchi Norqulova Yulduzning elektr xisoblagichi o‘rnatib berish masalasida qilingan murojaati ijobiy hal etildi. Tuman elektr tarmoqlari bo‘limi tomonidan elektr xisoblagich o‘rnatib berildi.

Manas mahallasida Deputat va saylovchilar uchrashuvi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.                                                                                                                 

📍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌍 Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) | ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/Dustlikkengashi) | 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi)

Slide 1 of 4