Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Deputat nazoratida

♻️ Deputat nazoratida:

📌 G‘allaorol tumani Naqroch mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish va zamonaviy talablar asosida qayta qurish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Noraliyev tomonidan doimiy nazoratga olingan

Ayni paytda:

Yo‘lning eski qoplamasini frezerlash va asos qismini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘l belgilari, chiziqlari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Deputat tomonidan qurilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganilib, ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Mazkur loyiha yakunlangach, Naqroch mahallasi va unga tutash hududlarda transport harakati xavfsizligi oshadi, yuk tashish hajmi kengayadi hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligi yanada ortadi.

📣 Deputat nazoratidagi bunyodkorlik ishlari – taraqqiyot sari dadil qadamdir.

Slide 1 of 2