Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot – Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati T. Mirzayev tomonidan o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, kommunal xizmatlar sifati, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi muammolar muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilanilishi ta’kidlandi. 

Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tkazilib, fuqarolarning fikr va takliflari inobatga olinishi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 4