Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi amalga oshirilmoqda

❗️2026-yil 27-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jamoat xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalari tanqidiy tahlil qilindi. Unda kiberjinoyatlar soni 18 tadan 62 taga yetgani, ayniqsa shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, deepfake texnologiyalari orqali firibgarlik, zararli fayllar tarqatish va kriptovalyuta orqali mablag‘larni chetga chiqarish holatlari ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Davlat rahbari tomonidan transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi yaxlit tizim yaratish vazifasi belgilandi.🗺Shu munosabat bilan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich O‘zbekiston “Adolat” SDP bilan Adliya va Ichki ishlar vazirliklari hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida Respublika miqyosida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.✅Tadbirda partiya Siyosiy Kengashi rahbariyati, sohaviy mutaxassislar, tadbirkorlar va mahalla faollari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish kiberfiribgarlikka qarshi eng samarali vosita ekanini ta’kidladi.🚫Mutaxassislar tomonidan bank kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olish, soxta havolalar (fishing), ijtimoiy muhandislik usullari orqali firibgarlik kabi eng ko‘p uchrayotgan jinoyat turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Fuqarolar shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarni oshkor etmaslik, noma’lum raqam va havolalarga ishonmaslik hamda axborotni faqat rasmiy manbalar orqali tekshirishga chaqirildi.“Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi amalga oshirilmoqda

2026-yil 27-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jamoat xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalari tanqidiy tahlil qilindi. Unda kiberjinoyatlar soni 18 tadan 62 taga yetgani, ayniqsa shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, deepfake texnologiyalari orqali firibgarlik, zararli fayllar tarqatish va kriptovalyuta orqali mablag‘larni chetga chiqarish holatlari ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Davlat rahbari tomonidan transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi yaxlit tizim yaratish vazifasi belgilandi.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich O‘zbekiston “Adolat” SDP bilan Adliya va Ichki ishlar vazirliklari hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida Respublika miqyosida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda partiya Siyosiy Kengashi rahbariyati, sohaviy mutaxassislar, tadbirkorlar va mahalla faollari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish kiberfiribgarlikka qarshi eng samarali vosita ekanini ta’kidladi.

Mutaxassislar tomonidan bank kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olish, soxta havolalar (fishing), ijtimoiy muhandislik usullari orqali firibgarlik kabi eng ko‘p uchrayotgan jinoyat turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Fuqarolar shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarni oshkor etmaslik, noma’lum raqam va havolalarga ishonmaslik hamda axborotni faqat rasmiy manbalar orqali tekshirishga chaqirildi.

Slide 1 of 3