Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Deputatlar "Chilonzor tumani tajribasi" doirasida olib borilayotga ishlar bilan tanishishdi.

Davlat rahbarining Toshkent shahri, xususan Chilonzor tumanida xavfsiz muhit va jinoyatdan holi hudud yaratish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida tuman miqyosida keng qamrovli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar “poytaxt namunasi” sifatida huquq-tartibot, profilaktika va ijtimoiy hamkorlikni uygʻunlashtirgan holda tashkil etilmoqda.

Xususan, topshiriqqa asosan Chilonzor tumani hokimligida aholining barcha yoʻnalishdagi murojaatlariga zudlik bilan munosabat bildirish va koʻrib chiqish holatini, kriminogen vaziyatni real vaqt rejimida tezkor monitoring qilish imkoniyatini beruvchi Vaziyatlar markazi tashkil etildi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov va xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlari kotibiyati mudiri Lola Murotova va deputat Alisher Miryunusovlarning o'rganish manzillari Chilonzor tumani hokimligi bo‘lib, u yerda zamonaviy vaziyatlar markazi

Chilonzor tumani idoralararo tezkor shtabi bo'ldi.

Markazda 7 ta tashkilotlar ichki ishlar organlari, ijtimoiy xizmatlar, kommunal tashkilotlar va tibbiyot muassasalari vakillari tunu kun ishlaydilar. Asosiy vazifa — xizmatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish, kriminogen vaziyatni nazorat qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob berishdir.

Xalq vakillariga ma'sul xodimlar tomonidan to'liq ma'lumotlar berilib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi. 

Slide 1 of 7