Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Ayritom mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda hududdan saylangan deputat M.Shernayev hamda tuman Kengashi raisi S.Nazarov va kotibiyat mudiri A.Avliyakulov bevosita ishtirok etdi.

Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi:

Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijrosi holati
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash samaradorligi
jtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam
Obodonlashtirish va hududni tozalash ishlari
Profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar alohida qayd etildi. Shu bilan birga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Nazorat-tahlil tadbiri yakunida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish hamda tizimli hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4