Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
🟢 Andijon shahrida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

#deputatlik_faoliyati #davra_suhbati

🟢 Andijon shahrida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Adolat sotsial-demokratik partiyasi Andijon shahar Kengashi raisi hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati B.Mo‘ydinov tashabbusi bilan tibbiyot muassasalarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari hamda mutaxassislar ishtirok etib, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholiga qulay va samarali xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning murojaatlarini tezkor hal etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan bugungi davrda kiberxavfsizlikni ta’minlash, internet firibgarliklarining oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

✅ Aholi manfaatlari yo‘lida ochiq muloqotlar davom etadi.

Slide 1 of 4