Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
Ramazon oyida bozorlarda narx-barqarorlik masalasi e’tiborda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha Paxtachi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Og‘ir toifadagi mahallalar – obod mahallalarga aylantiriladi.
янв.21
Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaror asosida Dehqonobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarda amalga oshiriladigan infrastruktura loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Hamkorlik Memorandumi imzolandi
янв.21
Depuatatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI DEHQONOBOD TUMAN KENGASHINING 2026-YILDA BO‘LIB O‘TGAN SESSIYALARIGA OID MA’LUMOTLAR
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Muammo va takliflar, ijtimoiy obyektlar joyida o‘rganildi
#DeputatMunosabati

     O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishbilarmonlik tadbirlaridagi faol ishtiroki hamda Tinchlik kengashining birinchi sammitida ilgari surgan tashabbuslari xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirdi. 

Bu borada Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Rajabov Botir Abdurassulovich quyidagilarni
ta’kidladi:

— Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijasida O‘zbekistonning jahon
hamjamiyatidagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda. AQSH bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning kengayishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. 

    Tinchlik kengashining birinchi sammitida ilgari surilgan tashabbuslar esa global barqarorlik, o‘zaro hurmat va
konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu tashabbuslar nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosda ham tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

    Deputatning fikricha, davlatimiz rahbarining bunday yuksak darajadagi uchrashuv va sammitlardagi ishtiroki
hududlarda, jumladan Sho‘rchi tumanida ham investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga ijobiy turtki beradi. 

— Biz, mahalliy Kengash deputatlari sifatida, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni joylarda
samarali amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida faol ishlashda davom etamiz, — dedi Rajabov Botir Abdurassulovich. 

    Shubhasiz, Prezidentimizning xalqaro maydondagi faoliyati Yangi O‘zbekistonning ochiq, tinchliksevar va hamkorlikka tayyor davlat sifatidagi qiyofasini yanada mustahkamlamoqda.