Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Kengash raisining bir kuni

Kengash raisining bir kuni 

                                                                                                                                                                                                                                                                  Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova hamda mahalla nuroniylari ishtirokida tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy davra suxbati tashkil etildi.

Davra suxbati davomida nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va bosib o‘tgan yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda kelajak avlodni komil inson qilib tarbiyalashda oila, maktab va mahalla hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tuman Kengashi raisi o‘z nutqida yoshlarni bilim olishga, yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga, milliy qadriyatlarimizga sodiq bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Slide 1 of 1