Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi. 

Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi. 

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarorining ijrosini ta’minlash haqida.  

2. 2026-yilda Shovot tumani bo‘yicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.

3.Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi 

“2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi.

5.Shovot tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4