Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Abdulla Avloniy mahallasida!

✅ O‘rganishlar davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori (mahalla "yettiligi") faoliyati samaradorligi, ular tomonidan aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati joyida o‘rganildi. Ularning ish uslublari, aholi bilan muloqotlari va erishilgan natijalar tahlil qilindi.

🌟 Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari, piyodalar yo‘laklari, guzarlar, bolalar maydonchalari, yoritish tizimlari va umumiy sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi maydonlar va podezdlarning tozaligi, yashil hududlarning parvarishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning ichimlik suvi sifati, elektr va gaz ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, tibbiy xizmatlar, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlari diqqat bilan tinglandi. Har bir murojaat qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 11