Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda!
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nazirov tomonidan fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy masalalari, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda boshqa hayotiy ahamiyatga ega yo‘nalishlardagi muammolar ko‘tarildi.
Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Kengash kotibiyati fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarnin qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.
Murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi har bir masala nazoratda!
✅ (https://youtube.com/@FarKengash?si=L_XqH2JGx96AvkLJ)Telegram (https://t.me/Quvasoy_kengash) | 📹 Youtube (https://www.youtube.com/@xalqdeputatlariquvasoyshah4636) | ✅ Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100070571914871&mibextid=ZbWKwL)