Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan tumanning “Yangiqurilish” mahallada o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mazkur mahalladagi aholi yashash hududi hamda maktabga olib boruvchi yo‘lning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi va mavjud kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovi ijrosi qisqa muddatda ta’minlanib, mahalladagi aholi yashash hududi va maktabga olib boruvchi yo‘l toshlash (shag‘allash) ishlari amalga oshirilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati