Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat, I.G‘ofurov Obod mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi hamda saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Boshchorbogʻ mahallasida boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylov okrugidagi 39-maktabning qish mavsumida isitish tizimini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 20-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat, Kotibiyat mudiri G‘.Xo‘jamqulov Mustaqillik mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar Nodira mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
#Yashi_makon
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 2026-yil 11-fevral kuni Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Kun tartibiga kiritilgan 5 ta masala atroflicha muhokama qilinib, ularning barchasi
belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
 

1-masala
bo‘yicha O‘rta Chirchiq tuman hokimi Kasimov Ixtiyor Rustamovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘rta
Chirchiq tumani Xalq qabulxonasining “Tumandagi davlat organlari va
tashkilotlarini aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati”
yuzasidan 2025-yil yakuni bo‘yicha axboroti berdi.
 

2-masala bo‘yicha O‘rta Chirchiq tuman ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Kushbayev Elyor Baxtiyorovich O‘rta Chirchiq
tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi
tomonidan “2025 yil davomida amalga oshirilgan ish faoliyati va atrof-muhit
ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisobotlarini taqdim qildi.
 

3-masala bo‘yicha O‘rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi
boshlig‘i-ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Islomova Muyassar
Muxitdinovna tuman
tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yilda
amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda 2026-yilda
amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida xisobotlarini taqdim qildi.
 

 4-masala bo‘yicha Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi Djumanova Rano Amanovna Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman
Kengashi hamda doimiy komissiyalarininng 2026-yilga mo‘ljallangan yillik ish
rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida axboroti o‘qib eshtirdi.
 

5-masala bo‘yicha Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi
Djumanova Rano Amanovna O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari tomonidan
2026-yilning 1 choragi davomida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish reja
grafigini tasdiqlash to‘g‘risida axborotlarini deputatlarga taqdim qildi.
 

Mazkur sessiya tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan muhim masalalarni
hal etishga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 6