Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylov okrugidagi 39-maktabning qish mavsumida isitish tizimini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 20-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat, Kotibiyat mudiri G‘.Xo‘jamqulov Mustaqillik mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar Nodira mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
#Yashi_makon
янв.21
Deputat mahallada nuroniylar bilan
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Dehqonobod tumani hokimi navbatdagi murojaatini Yangi hayot mahallasi fuqarolariga yoʻlladi.
янв.21
#Murojaatnoma_targ‘iboti
янв.21
Yashil makon
Davlatimiz rahbarining Pokistonga tashrifi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasida o‘tkazilgan biznes forumida ishtirok etishi mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatidagi izchil va pragmatik yondashuvning navbatdagi amaliy ifodasi, deb hisoblayman.

Ushbu forumda davlatimiz rahbarining ishtiroki O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarining muhokama qilingani milliy iqtisodiyotimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Deputat sifatida ishonamanki, mazkur tashrif natijalari xalqimiz farovonligi yo‘lida aniq loyihalar va amaliy natijalar bilan mustahkamlanadi va eksport salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.

O.Mamatqulov

Jizzax viloyat Kengashi deputati