Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Muammo va takliflar, ijtimoiy obyektlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova Beshbuloq mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat, I.G‘ofurov Obod mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi hamda saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Boshchorbogʻ mahallasida boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!
Uch avlod uchrashuvi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyazov hamkorlikda “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tamoyili ostida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil etdi. Mazkur tadbirda jamiyatimizda ma’rifatni yuksaltirish, yosh avlodni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ekstremizm va jaholatga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda RMMM Bekobod shahar bo‘linmasi rahbari F.Azimov va “Buvijonlar maktabi” shahar kengashi raisi K.Yuldasheva hamda uch avlod vakillari faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ma’rifat, ilm-fan, kitobxonlik va tarbiyaning ahamiyati, yoshlarni turli salbiy g‘oyalardan asrashda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining o‘rni haqida mazmunli fikrlar bildirildi. Shuningdek, hayotiy tajribalar, ibratli voqealar orqali yoshlarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq va ma’naviy saboqlar berildi.  

Slide 1 of 4