Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar Nodira mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
#Yashi_makon
янв.21
Deputat mahallada nuroniylar bilan
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Dehqonobod tumani hokimi navbatdagi murojaatini Yangi hayot mahallasi fuqarolariga yoʻlladi.
янв.21
#Murojaatnoma_targ‘iboti
янв.21
Yashil makon
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Xo‘jamqulov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19- Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat D.Hayitova tomonidan saylovchilar murojaаti joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi raisi Z.Salimova tomonidan Bo‘ston hamda Oydin yo‘l mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi hamda tuman Kengashi deputatlari Beshqoʻton mahallasi ahliga murojaat qildi
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

#Munosabat

Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

O‘zbekiston ta’sischi davlatlardan biri sifatida ushbu tuzilma faoliyatiga qo‘shilar ekan, eng avvalo, milliy xavfsizlik manfaatlarini kengroq mintaqaviy barqarorlik bilan uzviy bog‘lamoqda.

Yaqin Sharqdagi mojarolar va gumanitar inqirozlar bir hudud bilan cheklanib qolmaydi, ularning oqibatlari radikallashuv, ekstremistik tarmoqlarning faollashuvi, noqonuniy migratsiya va transmilliy tahdidlar ko‘rinishida butun mintaqalarga tarqaladi.

Shu ma’noda, G‘azo atrofidagi keskinlikni kamaytirish va barqaror siyosiy yechim topishga qaratilgan xalqaro formatda ishtirok etish O‘zbekiston uchun — o‘z xavfsizligini oldindan mustahkamlash, tahdidlarni ildizida jilovlash va tinchlikni amaliy instrumentlar orqali qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Bu tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosat tamoyillariga mos, vazifalari bizning manfaatlarimiz bilan uyg‘un. Eng muhimi, mintaqada mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda manfaatli loyihalar, gumanitar sa’y-harakatlar va barqarorlikni mustahkamlovchi kelishuvlarga qiziqishimiz mavjud.

Bu qadam yana bir muhim haqiqatni anglatadi, O‘zbekiston xalqaro maydonda endi kuzatuvchi emas, mas’ul va faol ishtirokchi sifatida tan olinmoqda. Bu a’zolik ishonch va hurmatning siyosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakatimizning muvozanatli, pragmatik va tinchlikparvar diplomatiyasi tobora kuchayib borayotganini tasdiqlaydi.

Biz bu jarayonga tenglik va o‘zaro hurmat asosida, xalqaro sheriklar bilan birga yechimlar izlash, mojarolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish va barqarorlikka real hissa qo‘shish uchun kirmoqdamiz. Chunki tinchlikni ta’minlash—xavfsizlik, taraqqiyot va inson manfaatini himoya qiladigan aniq siyosiy mas’uliyatdir.