Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat, I.G‘ofurov Obod mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi hamda saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Boshchorbogʻ mahallasida boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylov okrugidagi 39-maktabning qish mavsumida isitish tizimini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 20-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat, Kotibiyat mudiri G‘.Xo‘jamqulov Mustaqillik mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar Nodira mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
#Yashi_makon
янв.21
Deputat mahallada nuroniylar bilan
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Dehqonobod tumani hokimi navbatdagi murojaatini Yangi hayot mahallasi fuqarolariga yoʻlladi.
Deputat mahallada

 Mahalla taraqqiyoti: Bugungi ishlar va 2026-yil rejalari 

3-Mitan saylov okrugi deputati B.Abralov Mitan mahalla fuqarolar
yig‘inining "yettiligi" bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
 

Suhbat davomida mahallada bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil
qilinib, 2026-yil uchun belgilangan muhim rejalar kelishib olindi.
 

 Asosiy yo‘nalishlar: 

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Aholi bandligini ta’minlash va, "Ayollar
daftari" bilan ishlash tizimi.
 

Obodonlashtirish: Ko‘chalarni yoritish, yo‘llarni ta’mirlash va chiqindi
chiqarish tizimini tubdan yaxshilash.
 

Infratuzilma: 2026-yilda hududni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirish.
 

B.Abralov: "Mahalla yettiligining hamjihatlikdagi faoliyati — aholi
muammolarini tezkor hal etish va 2026-yilga qo‘yilgan maqsadlarga
erishishning asosiy garovidir."
 

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik
nazorati o‘rnatildi.