Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.

 Doʻstlik tumani “Xalqobod” fermer xoʻjaliklari hududiy uyushmasida faoliyat yuritayotgan “Kanon bobo” fermer xoʻjaligi paxta
dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi. 

  

Bu erda tuman Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, "Mahalla" uyushmasi, Agrosanaot majmui xodimlari kasaba uyushmasi
hamda fermer xoʻjaligi rahbariyati tomonidan tadbir oʻtkazilib, oltmishdan ortiq ilgʻor terimchilar
ragʻbatlantirildi. 

Yigʻim-terim mavsumida qoʻlga kiritilgan bu kabi yutuqlar nafaqat fermer xoʻjaligining, balki tuman qishloq xoʻjaligining
umumiy koʻrsatkichlarini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

— Hasharchi terimchilarning izzat-ikromini qilish, ularning mehnatini e'tirof etish — biz uchun sharaf, — deydi Kengash
deputati, tuman Mahalla" uyushmasi rahbari Malika Qudratova. — Mehnatkashlar ruhlansa, hosil ham, barqarorlik ham ortib boradi. 

Mazkur ragʻbatlantirish choralari terimchilarning ish unumdorligini oshirish, ularning mehnatga boʻlgan mehri va
mas'uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 5