Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUNOSABAT

2025 yil 25 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQSHda mehnat qilib, istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv Prezidentning vatandoshlarga bo‘lgan samimiy munosabati va ularning taqdiriga befarq emasligini yaqqol namoyon qildi.

Uchrashuv juda iliq muhitda o‘tdi. Prezident vatandoshlarning muammo va takliflarini tinglab, ularni Vatan bilan bog‘lab turuvchi muhim ko‘prik sifatida baholadi. U mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, xususan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, biznes muhiti va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi yutuqlar haqida maʼlumot berdi.

Vatandoshlarga o‘z tajribalari, bilim va salohiyatlarini yurt ravnaqiga xizmat qildirishga chaqirdi. Vatandoshlar tomonidan berilgan savollar, fikrlar va takliflar Prezident tomonidan diqqat bilan tinglandi. Bu uchrashuv nafaqat maʼnaviy ko‘tarinkilik, balki amaliy jihatdan ham ikki tomonlama aloqalarni kuchaytirishga zamin yaratdi. O‘zbekiston hukumatining yurtdan tashqaridagi fuqarolarga ham yuksak eʼtibor qaratayotgani bugungi kunning muhim belgisidir.

Nursulton Hosilmurodov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1