Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Mustaqillik mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Beshqo‘ton mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Strategik muloqot va xalqaro hamkorlik sari mustahkam qadam
янв.21
Manzilli va samarali yondashuv
янв.21
“Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining Dehqonobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining raisi hamda deputatlarining tashabbusi bilan mahallalarda hashar yo‘li orqali ichki yo‘llar, yogʻingarchilik va sel suvlari oqibatida nosoz holga kelgan yoʻllarning bir qismi ta’mirlanmoq.
янв.21
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston munosabatlari
янв.21
Kengashda yoshlar so‘zi
янв.21
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” yuzasidan
янв.21
“Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan g‘oya mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy mezoniga aylanmoqda
MUNOSABAT

 2025-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida tadbirkorlar bilan
navbatdagi an’anaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbir mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish,
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va milliy iqtisodiyotda xususiy biznesning o‘rnini yanada mustahkamlash borasidagi
sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida tarixga kirdi.  

 Deputat sifatida bu jarayonni kuzatib, biz uchun eng quvonarlisi – davlat rahbarining bevosita tadbirkorlarni tinglashi, ularning muammolarini ochiq muhokama qilishi
hamda amaliy yechimlarni taqdim etishidir. Bu, avvalo, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga yuksak e’tibor berilayotganidan dalolatdir.
Tadbirkor –bu iqtisodiyotning tayanchi, yangi ish o‘rinlari yaratuvchisi, innovatsiyalar tashabbuskori.
Prezidentimizning bunday muloqotlari tadbirkorlarga ishonch bag‘ishlaydi, ular faoliyatida yangi marralarni zabt etishga rag‘bat beradi.
Eng muhimi, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Zero, tadbirkorlikning rivoji – xalqimiz farovonligi garovidir.  

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich