Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Z.Salimova tomonidan Bo‘ston hamda Oydin yo‘l mahallalar fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida ichki yo‘l, suv, kredit, elektir energiya, hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari tinglanib tegishliligi bo‘yicha taman tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.