Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Nurobod tumanida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari deputat e’borida

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugi hududida joylashgan 61-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida deputat maktabning moddiy-texnik bazasi, sinfxonalarning ta’mirlanish holati, isitish tizimining tayyorligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv adabiyotlari va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida G.Xusanova maktab ma’muriyati va mas’ullarga yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratish bo‘yicha o‘zining tegishli taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Muassasada aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3