35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S.Nomozov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar ishtirokida olib borilayotgan hashar ishlarining borishi bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, yashil hududlarni parvarishlash hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hashar ishlarida ishtirok etayotgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, mahallani yana-da obod va ko‘rkam maskanga aylantirishda aholi faolligini oshirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda tozalik va ozodalikni doimiy ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida hashar ishlarini tizimli ravishda davom ettirish, obodonlashtirish tadbirlarini yana-da kuchaytirish va har bir fuqaroning mahalla ravnaqiga daxldorlik hissini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3