35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Dilbar Normuradova saylovchilar bilan uchrashib, faoliyati yuzasidan axborot berdi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputati Dilbar Abdikasimovna Normuradova, Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Raxmonova hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirokida “Abdulla Avloniy” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning hisobot davri davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berilib, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlaridagi ishtiroki, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

💬Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan ishlar va deputatlik nazorati natijalari muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llar va ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, jamoat transporti xizmatlari, ekologik holat va obodonlashtirish ishlari yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan ma’lumot berildi.

💬Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun sport va dam olish maskanlarini ko‘paytirish, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

💬Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va bildirilgan takliflar umumlashtirilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini yanada oshirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4