Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon

 ✅ Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari
tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda. O‘rganish jarayonlarida
xalq deputatlari tuman Kengashiga “14-Farg‘ona” saylov okrugidan deputat-“Nuroniylar” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Oribjon Tupayev, O‘zXDP Uchko‘prik tuman Kengashi raisi Zamiraxon Darvisheva, “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
 

✅ O‘rganishlar davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi asosida uy-joyni ta’mirlash, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan
shaxslar yashash sharoitini moslashtirish kabi tadbirlar belgilangan. Jumladan, “Oltin vodiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Tadjibayev Ravshanjon murojaati yuzasidan uning xonadonidagi qurilish-taʼmirlash ishlari ko‘zdan kechirildi va ularning sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Xonadondagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi tegishli doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibigi kiritilishi belgilandi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

   

Slide 1 of 1