35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan 2026-yil 15-may kuni yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining o'rinbosari - Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i S.Abdikarimov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

🗣 Mazkur javobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-sonli “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Uchtepa tumanida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan axborot berilgan.

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-sonli qarorining 3-ilovasida "Yoshlar sanoat va tаdbirkоrlik zonalarini уо'l-trаnsроrt, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlashning manzilli dаsturi" 32-bandigа asosan Toshkent shаhri Uchtepa tumani "Jurjoniy" MFY hududida bo'sh turgan yer maydonida tashkil qilinadigan "Yoshlar sanoat tadbirkorlik zonasi"da belgilangan vazifalar atroflicha yoritilgan.

📁 Berilgan ma'lumotga ko'ra, hozirgi kunda, hududda zаrur muhandislik-kommunikatsiya tаrmoqlarii bilan ta'minlash bo'yicha qаrоr bilan belgilangan mas'ul tashkilotlaг tomonidan ichimlik suv quvuri o'tkazish, trаnsfоrmаtоr о'rnаtish, havo liniyasi tоrtish va tabiiy gaz tarmog'ini tortish ishlагi to'liq moliyalashtirilib, amaliy ishlar yakunlangan.

⚠️ Biroq, bugungi kunga kelib umumiy uzunligi 0,4 km bo'lgan kirish yo'lini qurish ishlаri tegishli mas'ul tashkilotlar tomonidan boshlanmagan hamda qaror ijrosi belgilangan muddatlarda ta'minlanmaganligi ta'kidlangan.

📇 Hozirgi kunda "Yoshlar sanoat tadbirkorlik zonasi"da 8 ta lot orqali jami 187,5 mlrd. so'm qiymatidagi "ofis binosini qurish, kompyuter texnikalarini yig'ish binosini qurish, tayyor mahsulotlardan mebel yig'ish sexi binosini qurish, plastmassa va sintetik smolalardan mahsulot ishlab chiqarish binosini qurish, savdo va xizmat ko'rsatish shourumlar binosi, maishiy xizmat uyi va o'quv binosi, mato va to'quv mahsulotlarini ishlab chiqarish binosi, kompyuter texnika mahsulotlarini yig'ish va IT-dasturlash binosi, savdo va xizmat ko'rsatish shourumlar binosi hamda tunuka-profil mahsulotlari ishlab chiqarish binolarini qurish" loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilganligi haqida batafsil ma'lumot berilgan.

↗️ Joriy yilning may oyi holatiga ushbu loyihalarda qurilish ishlari 80 % ga bajarilib, hozirda pardozlash va asbob-uskunalar o'rnatish ishlar amalga oshirilayotganligi, loyihalar ishga tushirilishi natijasida 232 ta yangi ish o'rinlari yaratilib, 55,0 mlrd. so'm miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda 20,0 mln. dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, byudjetga qo'shimcha ravishda yillik 7,0 mlrd. so'mlik mablag' yo'naltilishi belgilangan.

Slide 1 of 3