35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Qurilish sohasidagi ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov tomonidan G‘ozg‘on shahar qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Ashurov faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni (2024-yil 5-avgust) ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

yer va qurilish masalalari bilan ishlash holati
noqonuniy qurilishlarni rasmiylashtirish tartibi
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash
tegishli hujjatlarning yuritilishi
qonun ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni qonunchilik talablari asosida samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari qurilish va yer munosabatlarida qonuniylikni ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3