Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari,Chortoq tuman Kengashi O‘zMTDP deputati,O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chortoq tuman bo‘limi rahbari Muhammadjon Ne’matillaev o‘z saylov okrugi hududidagi “Navro‘z” mahallasida deputatlik o‘rganishlari olib bordi.
янв.21
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
#sessiya_27

2026-yil 21-may kuni Jondor tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarori ijrosi ko`rib chiqildi. Shu munosabat bilan, qaror ijrosi bo‘yicha Jondor tumanida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ya.Olimovning hisoboti tinglandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga muvofiq budjet tushumlari prognoz ko‘rsatkichlarining to‘liq va barqaror ijrosini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq qarzdorligini kamaytirish, shu jumladan yirik qarzdor korxonalar bilan manzilli ishlash, har oylik tahlillar asosida aniq chora-tadbirlar (“yo‘l xaritalari”) ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash ishlari boʻyicha тuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i L.Isayevning hisoboti tinglandi.

 

Mahalliy byudjet daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o‘z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni taʼminlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish belgilab olingan.

 

Shuningdek, sessiyada Jondor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-сhorak ijrosi, Jondor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, Jondor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Fayzulloyevning axboroti tinglandi.

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog’im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qaroriga asosan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog'im” tashabbuskor loyihalariga ovoz berish bosqichi yakunlangan.

 

Shu munosabati bilan, Jondor tumanida 2026-yilgi “Mening bog‘im” loyihasida g‘olib deb topilgan taklifni amalga oshirish maqsadida “Yashil bog‘” loyihasini shakllantirish, moliyalashtirish va tashkil etish tartibi to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X.Bafoyevning axroboti tinglandi.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PF-5696-sonli “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmonni ijrosini ta'minlash borasida “O'zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-sonli qarori hamda Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Jondor tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Q.Ibodovning hisoboti tinglandi.

 

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 10-apreldagi “2026-yilda Jondor tumani bo‘yicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida”gi VII-25-31-2-35-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tuman Kengashi raisi L.Behbudova tushuntirish berib o'tdi.

 

Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan atroflicha muhokamalar olib borildi va Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 19