Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Deputatlar 400 nafar yosh bandligini ta’minlamoqda

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi qarori bilan hududlarda 400 nafar yoshlar uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini sug‘orish tizimi bilan ta’minlash maqsadida quduq qazish ishlari uchun 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur qaror ijrosi shu kunning o‘zida nazoratga olinib, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat T.Qodirov tomonidan hududlarga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida artezian quduqlar qazish, sug‘orish tizimini yaxshilash hamda suv nasoslarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni dehqonchilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4