Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Kun tartibidan joy olgan masalalar:

🔺Dastlab deputatlar tashkiliy masala D.B.Xudaybergenov va A.I.Dusmuhamedov to‘g‘risida masalani ko‘rib chiqishdi va bir ovozdan tashdiqlab tegishli qaror qabul qilindi.

🔺 Toshkent shahar hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish, bunda, OAVdan, internet tarmog‘idan foydalanish holatlarini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - Mirhamidov Mirmuhammad Mirshohidovich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Toshkent shahrida xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - Sultonova Shahnoza Abduvohidovna o‘z hisobotini sessiya qatnashchilariga taqdim etdi.

🔺 Ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti holati hamda kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - Mo‘minov Obidjon Odilovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i – Mirzayev Bobur Maxirdjanovich deputatlarga ma’ruza qildi.

🔺 Bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ta’lim sifatini, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Bakiev Bahrom Mirgalievich deputatlarga hisobot berdi.

🔺 Yunusobod tumani “Adolat” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i - Rasulov Akmal Asqarovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-son bolalar musiqa va san’at maktabini qayta tashkil etish to‘g‘risida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.b. - Baxromov Bekzod Baxromovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori - Boymurodov Shuhrat Abdujalilovich o‘z axborotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺“Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati natijadorligi va Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari samarali foydalanilishi hamda Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan “Toshkent invest kompaniyasi” AJ boshqaruv raisi - Shakirov Bahrom Askaralievich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

⏺️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 10