Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlanishicha, mahallada jami 1044 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Shundan 10 nafari ishsiz bo‘lib, ularni ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, 5 nafar yoshlar “otaliqqa olingan” toifasiga kiritilgan bo‘lib, ular bilan individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Migratsiyada bo‘lgan yoshlar soni esa 22 nafarni tashkil etadi.

O‘rganish yakunida yoshlar bandligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2