Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Aholi manfaati yo’lida, oziq-ovqat mahsulotlari narxi deputat tomonidan o’rganildi. Olis hudud, Gazli mahallasidagi savdo majmualari va do’konlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari barqarorligi o’rganildi.
25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari, sifati hamda savdo jarayoni Gazli mahallasida o’rganildi. O’tkazilgan tekshiruvda aholi tomonidan ko’p iste’mol qilinadigan mahsulotlar, ularning sifati hamda savdo sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar bo’yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan tuzatish ishlari boshlandi. Tadbirkorlar bilan muloqot ham o’tkazildi. Mazkur ishlar aholi manfaatlarini himoya qilish va bozor barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.Cocoon AI Summary

Aholini ijtimoiy himoya qilish, ularni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda 25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan Gazli mahallasidagi savdo majmualari va chakana do’konlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari hamda savdo jarayoni holatini atroflicha o’rgandi.

O’rganish davomida aholi tomonidan eng ko’p iste’mol qilinadigan un va un mahsulotlari, o’simlik yog’i, go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, shakar, sabzavot va poliz mahsulotlari narxlari tahlil qilindi. Mazkur mahsulotlarning narxlari o’rtacha bozor qiymatlari bilan solishtirilib, ularning aholi uchun maqbulligiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, savdo nuqtalaridagi mahsulotlar sifat ko’rsatkichlari, ularning saqlanish sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, narxlarning ochiq-oydin ko’rsatilishi hamda savdo madaniyati darajasi ham diqqat markazida bo’ldi. Ayrim holatlarda mahsulotlarning saqlanish sharoitlari talab darajasida emasligi, narxlar yozuvida aniqlik yetishmasligi kabi kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot vakillariga tegishli ko’rsatmalar berildi. Jumladan, narxlarni asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik, mahsulotlar sifatini nazorat qilishni kuchaytirish, savdo nuqtalarida sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan muloqot o’tkazilib, ularga narxlarni shakllantirishda adolatli yondashuvni ta’minlash, aholi manfaatlarini ustuvor deb bilish, sifatli mahsulotlarni yetkazib berish muhimligi tushuntirildi. Savdo sohasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, bozorlarda barqaror narx siyosatini yuritish har bir tadbirkorning mas’uliyati ekanligi alohida ta’kidlandi.

Bu kabi o’rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning xarid qobiliyatini qo’llab-quvvatlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Kelgusida ham mazkur yo’nalishdagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilishi belgilandi.
 

Slide 1 of 1