Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Uy hayvonlari va chorva ustidan nazorat — jamiyat salomatligi kafolati

✅Toyloq tumani misolida qaralganda, veterinariya xizmati tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Tumanda 18 ta zooveterinariya punkti faoliyat yuritib, aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari hamda uy hayvonlarini kasalliklardan himoya qilish, ularni davolash va profilaktika ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan .

✅2025 yil davomida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilgan. Jumladan, kuydirgiga qarshi 118 950 doza, quturishga qarshi 21 000 doza, yashur kasalligiga qarshi 53 000 doza va nodulyar dermatitga qarshi 98 000 doza vaksina qo‘llanilgan . Shu bilan birga, 20 597 ta it va 295 ta mushuk quturishga qarshi emlangani, minglab chorva mollari parazitlarga qarshi ishlovdan o‘tkazilgan.

✅Bir qarashda bu raqamlar ijobiy natijani ko‘rsatadi. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Ayrim xonadonlarda nafaqat chorva, balki uyda saqlanayotgan it, mushuk va boshqa hayvonlarga nisbatan yetarli e’tibor berilmayotgani, ularni vaqtida ko‘rikdan o‘tkazmaslik holatlari saqlanib qolayotgani xavotirli holat sifatida baholanadi.

✅Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday beparvolik quturish kabi o‘ta xavfli kasalliklarning insonga yuqishiga sabab bo‘lishi, brusellyoz orqali uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklar keltirib chiqarishi, nazoratsiz go‘sht va sut mahsulotlari orqali infeksiyalar tarqalishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, uy hayvonlari ustidan nazorat susaygan joyda xavf tezroq tarqaladi va uni to‘xtatish ancha qiyin kechadi.

Bu masala yanada jiddiy ekani tumanda chorvachilik hajmi katta ekanidan ham ko‘rinib turibdi. Hozirgi kunda 16 ta fermer xo‘jaligida 5 953 bosh qoramol va 1,7 milliondan ortiq parranda parvarish qilinmoqda . 2025 yilda 39,5 ming tonna go‘sht va 89 ming tonna sut ishlab chiqarilgan . Demak, har bir xonadon dasturxoniga yetib borayotgan mahsulotning xavfsizligi aynan shu tizimga bog‘liq.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda masala faqat veterinariya xizmati zimmasida emas. Bu — har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyatiga aylangan masaladir. Chunki bir xonadondagi beparvolik butun mahallaga, hatto keng jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eng xavflisi shundaki, bu muammo ko‘zga ko‘rinmaydi. Kasallik tarqalguncha, zarar yetguncha u sezilmaydi. Biroq oqibat yuzaga kelganda uni bartaraf etish ancha qiyin va ko‘p xarajat talab qiladi. Shu bois, kechikkan chora har doim qimmatga tushadi.

✅Shuning uchun har bir xonadondagi chorva va uy hayvonlariga befarq bo‘lmaslik, ularni o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish, veterinariya talablariga amal qilish bugungi kunning eng oddiy, ammo eng muhim talablaridan biri hisoblanadi.

Bugungi mas’uliyat — ertangi salomatlik kafolati.

Fotex Raxmatov,

8-Baxshitepa saylov okrugidan Toyloq tuman Kengashi deputati,

“Adolat” SDP a’zosi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi