Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida deputat M.Raximov tomonidan “J.Mahmudov” MFY hududida sodir bo‘lgan jinoyat holati muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, mazkur hududda profilaktika inspektori tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikdagi profilaktik ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
Natijada jinoyatning oldini olish imkoniyati bo‘la turib, zarur choralar o‘z vaqtida ko‘rilmagan.
👮♂️ Shu munosabat bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Rustamovga:
▪️ holatni atroflicha o‘rganish
▪️ mas’ul xodimga huquqiy baho berish
▪️ lozim darajada ishlamaganligi uchun intizomiy choralar ko‘rish
▪️ profilaktika ishlarini kuchaytirish
bo‘yicha taklif bildirildi.
📝 Mazkur masala sessiya kun tartibida ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)