Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chortoq tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi Yoshlar Maslahat Guruhi rahbari, deputat Sarvarbek Murodullayev, deputat Ilxomjon Sattarov,Davronbek Rejabboyevlar ishtirokida “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi shtab”idagi hamkor tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi doirasidagi qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Qaror ijrosi nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati,tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari, deputat Sarvarbek Murodillaevlar tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi raisi navbatdagi yig‘ilish
янв.21
Chortoq tumani “Obod diyor” mahallasi hududida aholi tomorqasini oqava suv bilan taminlash maqsadida 2.6 kmli masofada beton ariq yotqizish ishlari davom etmoqda
янв.21
Kengash raisi maktab o‘quv binosi qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Deputat_mahallada
янв.21
Fuqarolar murojaati — doimiy nazoratda
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi 2026-yil 31-mart kuniga chaqirildi.

📢 XABARNOMA

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisining 2026-yil 27-martdagi 3-7-95-KF/26-sonli farmoyishiga asosan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi 2026-yil 31-mart kuniga chaqirildi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ishtixon tumani hokimi F. Ruziyevning hisoboti;
Tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va uning omillarini bartaraf etish bo‘yicha 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori U. Butunovning axboroti hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B. Rustamovning hisoboti;
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun va PF-5283-son Farmon ijrosi doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i O. Usmonovning hisoboti;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi yuzasidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi;
Uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirishga doir PF-11-son Farmon ijrosi yuzasidan tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A. Ruziqulovning hisoboti;
Mahallalar kesimida jinoyatchilik holatini tahlil qilish, uning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarining hisoboti;
Davlat kadastri tizimida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasi Ishtixon tumani filiali boshlig‘i H. Astonovning hisoboti;
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O. Akbarovning hisoboti;
Ijtimoiy soha obyektlarida chiqindi konteynerlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar axboroti;
Sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilashga qaratilgan hukumat qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli rahbarning hisoboti;
“Ochiq budjet” axborot portali orqali 2026-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi;
“Tashabbusli budjet” jarayonlarini tashkil etish va moliyalashtirish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar ijrosi;
Mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish;
Tumandagi “Yangi-Kent”, “Mehnat-Rohat” va “Ming-Chinor” nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur sessiya faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi. 

Slide 1 of 1