Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi va “MADAD”NNTT hamkorligi yuzasidan tuzilgan Memorandumga asosida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida “Istiqlol” mahallasidagi 3- maktabda “Madad” NNT tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Chortoq tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi Yoshlar Maslahat Guruhi rahbari, deputat Sarvarbek Murodullayev, deputat Ilxomjon Sattarov,Davronbek Rejabboyevlar ishtirokida “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi shtab”idagi hamkor tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi doirasidagi qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Qaror ijrosi nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati,tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari, deputat Sarvarbek Murodillaevlar tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi raisi navbatdagi yig‘ilish
янв.21
Chortoq tumani “Obod diyor” mahallasi hududida aholi tomorqasini oqava suv bilan taminlash maqsadida 2.6 kmli masofada beton ariq yotqizish ishlari davom etmoqda
янв.21
Kengash raisi maktab o‘quv binosi qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Deputat_mahallada
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 19-mart kuni o‘tkaziladi 📣

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 19-mart kuni o‘tkaziladi 📣

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 16-martda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

• Joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorovning axboroti.

• Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashevning hisoboti.

• Viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti.

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialida” korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 31-oktabrdagi “Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash to‘g‘risida” VII-19-164-7-0-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

• Viloyat mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

• Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida

• Jahon bankining sog‘liqni saqlash loyihalari jamoasi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” (ikkinchi bosqichning qo‘shimcha moliyalashtirilishi)” loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida.

• Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida.

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VII-26-25-7-0-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VII-27-28-7-0-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

• Samarqand viloyati bo‘yicha 2026-yil davomida “E-auksion” savdo platformasi orqali sotuvga chiqariladigan yaylov yer maydonlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

• Samarqand viloyatida xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar tajribasi asosida uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlar, shuningdek kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.

 • boshqa masalalar

⚡️ @sam_vil_deputatlari