Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Pillachilik – yetti xazinaning biri

 Pillachilik – yetti xazinaning biri. Shu bois Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sherzod Salixov pillachilik borasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Chinoz tumanida ham boshqa sohalar qatori pillachilik ham jadal rivojlanmoqda. Joriy yilda 166 tonna ipak homashyosini topshirish reja qilingan.Hozirda pillakorlar tomonidan 29 tonnadan ziyod “kumush tola”si davlatga topshirildi.

Bu borada tumanda Ergash Qalmon fermer xoʻjaligi birinchilardan boʻlib oldiga qoʻyilgan 350 kg rejasini bajardi. Shu bois unga sovgʻalar topshirildi. Quvonarlisi, mazkur jarayonda aholining ishtiroki ham ortmoqda. Bu bejizga emas. Boisi pillachilik borasida tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar sabab fuqoralar orasida uni yetishtirishga qiziquvchilar soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Qolaversa, yangi texnologiyalar asosida ipak homashyosini yetishtirish uchun qilingan ishlar ham bu borada oʻzining ijobiy samarasini bermoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Zulfiya Imonqulova 

Slide 1 of 1