Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
📌 Ishtixon tumanida ko‘p kvartirali uylar va uy-joy qurilishi sohasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi yig‘ilishida tumanda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda uy-joy qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori hamda 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limining hisoboti eshitildi.

Ma’lum qilinishicha, PQ-48-sonli qarorga asosan tumanda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda ularga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

  • Xalqobod MFY hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylar atrofiga 353 mln so‘m mablag‘ hisobidan bolalar maydonchasi qurish ishlari rejalashtirilgan;
  • 2026–2027-yillarda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va infratuzilma obyektlarini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2026-yilda mahalliy budjet va boshqaruv servis kompaniyalari mablag‘lari hisobidan qator uy-joylarda ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Jumladan:

  • kirish yo‘laklarini ta’mirlash;
  • elektr taqsimlovchi shitlarni yangilash;
  • kodli qulflar va energiya tejamkor lampalar o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur ishlarga jami 63 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning 50 foizi mahalliy budjet, qolgan qismi servis kompaniyalari hisobidan qoplanadi.

Shu bilan birga, PF-11-sonli Farmon ijrosi doirasida tumanda uy-joy qurilishi sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

  • 2025-yilda Xalqobod MFY hududida 3 ta 60 xonadonli, Qoraqo‘yli MFYda 1 ta 40 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirildi;
  • Ko‘tarma MFY hududida 9 ta 180 xonadonli uy-joy qurilishi boshlangan bo‘lib, joriy yil sentabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ishlab chiqilgan master-rejaga asosan:

  • J. Maxmudov MFY hududida eski uylar o‘rnida 9 ta 284 xonadonli yangi uy-joylar;
  • Ishtixon MFY hududida 8 ta 476 xonadonli 9 qavatli zamonaviy uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qoraqo‘yli MFY hududida 3 ta 120 xonadonli 7 qavatli zamonaviy ko‘p kvartirali uylar qurilishi boshlangan.

Ta’kidlanganidek, tumanda uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, belgilangan loyihalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish belgilandi. 

Slide 1 of 4