So'rovda, Bog'ishamol mahallasida elektr uzatish tarmoqlaridagi simyog‘ochlarning yaroqsiz holga kelgani kuzatilmoqda. Xususan, ayrim ustunlar eskirgani, egilgani yoki shikastlangani sababli elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi, shuningdek, aholi hayoti va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkinligi bo'yicha fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur hududdagi yaroqsiz elektr simyog‘ochlarni o‘rganib chiqish, ularni zamonaviy va xavfsiz ustunlarga almashtirish hamda elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.