Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi va “MADAD”NNTT hamkorligi yuzasidan tuzilgan Memorandumga asosida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida “Istiqlol” mahallasidagi 3- maktabda “Madad” NNT tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Chortoq tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi Yoshlar Maslahat Guruhi rahbari, deputat Sarvarbek Murodullayev, deputat Ilxomjon Sattarov,Davronbek Rejabboyevlar ishtirokida “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi shtab”idagi hamkor tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi doirasidagi qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Qaror ijrosi nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati,tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari, deputat Sarvarbek Murodillaevlar tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi raisi navbatdagi yig‘ilish
янв.21
Chortoq tumani “Obod diyor” mahallasi hududida aholi tomorqasini oqava suv bilan taminlash maqsadida 2.6 kmli masofada beton ariq yotqizish ishlari davom etmoqda
янв.21
Kengash raisi maktab o‘quv binosi qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Deputat_mahallada
Deputat mahallada

 Tozalik va ekologik madaniyat — deputatlar nazoratida 

Mahallalarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi qanday
ishlayapti? Bu savolga javob topish maqsadida 13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugi
deputati M.Usmonova va Kengash kotibiyat xodimi G.Hudoyqulova navbatdagi
o‘rganishni o‘tkazdilar.
 

Chimqo‘rg‘on MFY raisi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda asosiy e’tibor quyidagi
masalalarga qaratildi:
 

Grafikka rioya etilishi: Maxsus chiqindi tashish texnikalarining
belgilangan vaqtda kelishi va aholi xonadonlaridan chiqindilarni olib chiqib
ketish holati tahlil qilindi.
Muammolar
tahlili: Aholi tomonidan kelib tushgan e’tirozlar va texnik sabablar tufayli
yuzaga kelayotgan kechikishlar muhokama etildi. Ekologik holat: Mahalla
hududida noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lishining oldini olish va
sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha mahalla raisiga tavsiyalar berildi.