Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Deputatlar hamda "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputatlari Z.Saydaliyev va M.Djo‘raboyevlar tomonidan Qo‘rg‘oncha, Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan "Mahalla yettiligi" a'zolari bilan hamkorlikda o'rganishlar olib borildi.

O’ganishlar davomida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, bu borada tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kredit va subsidiyalar olib berishda ko‘maklashish hamda tashqi mehnat migratsiyasi, xorijdan yurtimizga qaytib kelgan fuqarolarni bandligini ta’minlash borasida taklif-mulohazalar bildirilib, hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Slide 1 of 4