Uchrashuv davomida Sh.Zaripov o‘zining mazkur davr mobaynida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvdan soʻng deputat, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambagʻallik restrida turuvchi fuqaro A.Kolchovning oilaviy holati bilan yaqindan tanishdi, qolaversa saylovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar, jumladan;
- ichki koʻchalar taʼmir talab holga kelib qolganligi;
- elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni joyiga chiqib oʻrgandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilishini maʼlum qildi.
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashi kotibyati