Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
PQ-35 sonli qaror ijrosi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

PQ-35 sonli qaror ijrosi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi Kotibiyati mudiri B.Qorajonov Mulkush mahallasida fermerlar bilan uchrashdi. Qarorda tumanning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ham alohida o‘rin egallagan. Tanlangan 9 ta mahallalardagi aholi tomorqasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromad keltiruvchi ekinlar ekishni tashkil etish orqali 1 ming nafar aholi daromadlarini oshirish, Qo‘ytosh va Ko‘kbuloq mahallalarida 4,3 gektar yer maydonidagi aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash orqali 70 nafar aholi daromadini oshirish, Xorijiy investisiyalar umumiy qiymatini 312 mln AQSH dollari va hududiy eksport hajmini 2026 yilda 18,9 million AQSH dollariga yetkazish, allaorol tumanda 10 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarda 1 ming gektar eski bog‘ va tokzorlarni yangilash hamda 1,2 ming gektar yer maydonida yangi intensiv sanoatlashgan plantatsiyalarni tashkil etish, Tumanning 4 ta sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 1,7 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetishtirilishini ta’minlash, Gʻallaorol tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan 12 ta mahallada 2 ming bosh chorva mollarining naslini yaxshilash, Yo‘l bo‘yida 98 ta savdo, logistika va boshqa kichik xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish, “Xonimqo‘rg‘on” MFY hududidagi 50 gektar yer maydonlarida zamonaviy tokzorlar tashkil etish, “Mulkush” MFY hududidagi  20 gektar yer maydonida “Jomboy – Agro Star” MCHJ tomonidan zamonaviy pista bog‘i tashkil etish loyihalari aholining sifatli va xavfsiz bo‘lgan oziq ovqat bilan taminlanishida muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Slide 1 of 2