Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi raisi navbatdagi yig‘ilish
янв.21
Chortoq tumani “Obod diyor” mahallasi hududida aholi tomorqasini oqava suv bilan taminlash maqsadida 2.6 kmli masofada beton ariq yotqizish ishlari davom etmoqda
янв.21
Kengash raisi maktab o‘quv binosi qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Deputat_mahallada
янв.21
Fuqarolar murojaati — doimiy nazoratda
янв.21
Deputatlar xalq bilan
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti o‘rtasida aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish ,huquqiy marifatni oshirish sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashining partiyalar bilan hamkorligi
янв.21
“Ҳуқуқий маҳалла” лойиҳаси доирасида “Сайёр қабул” тадбири ўтказилди.
Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi

     Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova shahar Oqila ayollar harakati hamda shahar targ‘ibot guruhi a’zolari bilan hamkorlikda 14-umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchi qizlar uchun “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning tarixiy ildizlari, milliy liboslarimiz millatimizning ko‘rki va iftixori ekani, shuningdek, sharqona va milliy tarbiya ajdodlarimizdan bebaho meros ekanligi haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Tadbir davomida o‘quvchi qizlar milliy liboslar va qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarini ochiq-oydin ifoda etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod ongida milliy o‘zlikni mustahkamlash va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 2