Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari,Chortoq tuman Kengashi O‘zMTDP deputati,O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chortoq tuman bo‘limi rahbari Muhammadjon Ne’matillaev o‘z saylov okrugi hududidagi “Navro‘z” mahallasida deputatlik o‘rganishlari olib bordi.
янв.21
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Qishloq xo‘jaligida qonunlar ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi va “MADAD”NNTT hamkorligi yuzasidan tuzilgan Memorandumga asosida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida “Istiqlol” mahallasidagi 3- maktabda “Madad” NNT tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Chortoq tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi Yoshlar Maslahat Guruhi rahbari, deputat Sarvarbek Murodullayev, deputat Ilxomjon Sattarov,Davronbek Rejabboyevlar ishtirokida “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi shtab”idagi hamkor tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanov bugun S. Ayniy mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida saylovchilar tomonidan mahalla hayotiga daxldor bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, oqova suv va ichimlik suvi ta’minoti, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, elektr ustunlarini yangilash hamda boshqa infratuzilma muammolari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Kengash raisi tomonidan bildirilgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularning har biri bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi, masalalar nazoratga olinishi ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolar bilan bunday uchrashuvlar mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 7