Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Sarimsoqov Furqat O'rolovich tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mirning sifati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni davomida Yangikent MFY hududidagi 18-umumta'lim maktabida yetkazib berilgan ko‘mir namunalari belgilangan texnik va sifat talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganildi. Jumladan, ko‘mirning umumiy holati, namligi hamda issiqlik berish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumida barqaror faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 1