Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida e’tirof etildi.

 🏆 Tuman Kengashimiz Viloyat miqyosida
e’tirof etildi.
 

Bugun Xalq
deputatlari Xorazm viloyati Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng namunali tuman
(shahar) Kengashi” tanlovi yakunlariga ko‘ra, Xalq deputatlari Yangiariq tumani
Kengashi faxrli 1-o‘rinni egalladi.
 

Mazkur tanlovda
tuman Kengashining deputatlar faoliyati, saylovchilar bilan ishlash tizimi,
qabul va murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligi, ochiqlik va
tashabbuskorlik mezonlari asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, Yangiariq
tumani Kengashining tizimli va mas’uliyatli faoliyati yuqori baholandi.
 

Tantanali tadbirda
tuman Kengashi I-darajali Diplom bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq — deputatlar,
kotibiyat xodimlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi izchil mehnatning
samarasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Kelgusida ham tuman
Kengashi aholining manfaatlarini himoya qilish, hududni rivojlantirish va ochiq
muloqotni kuchaytirish yo‘lida faoliyatini yanada takomillashtirib boradi.
 

Slide 1 of 2