Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Мурожаатномасида белгиланган вазифалар, “Ўзбекистон – 2030” стратегияси мақсадлари ҳамда жорий йил 13 январь куни бўлиб ўтган Хавфсизлик кенгаши йиғилишида белгилаб берилган устувор йўналишлар ижросини таъминлашга қаратилган тарғибот ишлари Чортоқ туманида давом этмоқда.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — ortga qaytmas islohotlarning uzviy davomi.
янв.21
Slovakiya bilan mustahkam strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi.
янв.21
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligini yо‘lga qо‘yish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 6 maydagi VI-63-60-6-88-K/24-sonli qarorlari ijrosi
янв.20
Maxallabay ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
#MUNOSABAT

 Yoshlarga berilgan imkon – mamlakatga berilgan investitsiya 

Davlatimiz rahbarining kuni kecha Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini tinglab, mamlakatimizda bu boradagi ishlar izchil davom etishiga amin bo‘ldim. Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar bermoqda. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari “TOP-500”talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi “TOP-10”, 500 nafari “TOP-100” va 1 ming 500 nafari “TOP-300”dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda. Davlatimizning yoshlarga oid siyosatini xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etmoqda.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi. Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz bu borada eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Baltayev